Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
🔰Davomat va tarbiya – deputatlar e’tiborida

🔰Davomat va tarbiya – deputatlar e’tiborida

🔺Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda tuman IIB profilaktika inspektorlari hamkorligida Yangiobod mahallasida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida profilaktik suhbat tashkil etildi.
🔺Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida dars mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirish, salbiy xulq-atvor va huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
🔺Suhbat davomida o‘quvchilarga ta’lim olishning ahamiyati, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etish, odob-axloq me’yorlariga amal qilish hamda har bir xatti-harakat uchun mas’uliyatni his etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, darslarni muntazam qoldirishning salbiy oqibatlari va huquqbuzarliklarning oldini olishda oila, maktab hamda mahalla hamkorligining muhimligi alohida ta’kidlandi.
🔺Deputat H. Karayeva yoshlar ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va har bir o‘quvchiga individual yondashish zarurligiga e’tibor qaratdi.
🔺Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning ta’limga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
🔺O‘quvchilar davomatini ta’minlash va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3