Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
SARMICH MAHALLASIDA BANDLIKNI TA’MINLASH VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasida mahalla faoli bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar va mahallaning bugungi holati yuzasidan muloqot olib bordilar.

Muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining iqtisodiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘zini o‘zi band qilish istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish va oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini qiynayotgan masalalar va ularning yechimi bo‘yicha mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar aholi bandligini ta’minlash masalasiga yuzaki emas, balki har bir fuqaroning imkoniyati, kasbi va ehtiyojidan kelib chiqib yondashish muhimligini ta’kidladilar.

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2