Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATISH CHORALARI BELGILANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov Farhod mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📁 Uchrashuv mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi doirasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samarali tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash masalalari muhokama qilindi.

📇 Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning holati ham o‘rganildi. Jumladan, R.Agzamova, X.Hazratqulov, D.Abdullayev, D.Razzokova hamda A.Strelsov bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, mavjud muammolarni hal etish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tumandagi mas’ul idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5