Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Qoraboy” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli G.Suyerovaning faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan ehtiyojmand ayollar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

🔵Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoliga “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli davom ettirish, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda amaliy yordam ko‘rsatish hamda belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1