Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 Tez tibbiy yordam avtomobillari uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlari yaratish masalasi deputat nazoratiga olindi
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish doirasida “Bo‘ston” MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktining tez tibbiy yordam avtomobillari chiqish yo‘lagidagi muammo yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Akramov Shavkat Erkinovichga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Muammo nimada?
Fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlar davomida Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktidan tez tibbiy yordam avtomobillari chiqib-kiradigan yo‘lakning asfalt qoplamasi o‘yilib, yaroqsiz holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat maxsus tibbiy transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirishi, ularning shifokorlik punktidan erkin chiqishi va qaytib kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
⚠️ Tez tibbiy yordam xizmati inson hayoti va salomatligini asrash, shoshilinch vaziyatlarda bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy ko‘mak yetkazishda nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, tez tibbiy yordam avtomobillari harakatlanadigan yo‘laklarning soz holatda bo‘lishi, transport vositalarining to‘siqlarsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi alohida ahamiyatga ega.
✅ Deputatlik so‘rovida nimalar so‘raldi?
📌 Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktining tez tibbiy yordam avtomobillari chiqish yo‘lagidagi mavjud holatni o‘rganish;
📌 Asfalt qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismini ta’mirlash va muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish;
📌 Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari va muddatlarini belgilash;
📌 Mazkur masala bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda hozirgi kunga qadar olib borilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish.
✅ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini ifoda etish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yishdan iborat.
✅ Mazkur deputatlik so‘rovi hududdagi tibbiyot muassasasining infratuzilmasini yaxshilash, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati uchun qulay sharoit yaratish hamda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
✅Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — aholi murojaatlari, hududiy muammolar va ularning yechimiga qaratilgan deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2