Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI

LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov “Lola” mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati va mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatning mazmuni, uni hal etish imkoniyatlari hamda zarur amaliy choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mahalladagi infratuzilma holati, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganilib, mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tegishli sohalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan fikr almashildi.

Mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish va zarur amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablaridan kelib chiqib, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 6