Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
Ta’limga e’tibor o‘quvchilarga sharoit yaratishdan boshlanadi

Ta’limga e’tibor o‘quvchilarga sharoit yaratishdan boshlanadi

Uychi tumani Churtuk mahallasidagi 21-sonli umumta’lim maktabida Investitsiya dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.


Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu ta’lim muassasasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maktabning 835 o‘rinli mavjud o‘quv binosi mukammal ta’mirlandi. E’tiborlisi, tumanda ilk bor zamonaviy talablar asosida besh qavatli, 720 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi barpo etildi.

Yangi bino zamonaviy isitish tizimi hamda zarur muhandislik tarmoqlari bilan jihozlanmoqda. Mazkur yangilanishlarni amalga oshirish uchun 19 milliard 864 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Qurilish va rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlangach, maktabda 1 500 nafar o‘quvchining bir smenada ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Ayni paytda maktab hududida so‘nggi pardozlash va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Hududda yashil maydonlar tashkil etilib, gulxonalar barpo qilinmoqda.

Viloyat rahbari o‘rganishlari davomida ta’lim muassasasidagi ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni obodonlashtirish hamda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 1