Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Uchquduq tuman Kengashi raisi hamkorligida tuman Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, aholining kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi hamda markaz faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda tuman Axborot-kutubxona markazi fondida 15 mingdan ortiq adabiyotlar mavjud bo‘lib, ular kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, kutubxonaning 7 500 nafardan ortiq a’zosi mavjud. Hafta davomida esa o‘rtacha 400 nafarga yaqin kitobxon markaz xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyuradi. Bu esa aholining kitobga bo‘lgan qiziqishi va kutubxonaning ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Kitob — tafakkur manbai, kutubxona esa bilim va ma’rifat maskanidir. Shu bois, aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kutubxona xizmatlari sifatini yaxshilash hamda kitob mutolaasini keng targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kitobxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3