Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadonidagi sharoit o‘rganildi
янв.21
“Tabiat uchun birlashaylik!” — yoshlar bilan ekologik muloqot
янв.21
Fuqaro xonadonini ta’mirlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaro xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sumbula mahallasida ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sumbula mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
Ekspert-maslahat guruhi a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirildi
Fuqarolar murojaati yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini topishga qaratilgan ishlar doirasida fuqaro qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqaroning murojaati tinglanib, masalani hal etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.

Qabulda, “Yangi obod” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro D.Komilova o‘z xonadonida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganini ma’lum qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot bilan bog‘lanilib, mavjud holat muhokama qilindi. Fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda boshlangan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalaning yaqin kunlarda ijobiy hal etilishi va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanishi yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4