Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
Mang‘itobod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik nazorati

🏛 Mang‘itobod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Dusmurodov Nodir Nuridinovich tomonidan Mang‘itobod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
📌 Deputatning faoliyat rejasiga muvofiq, mahalladagi 49 ta ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilangan.
🔹 10 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 6 nafar fuqaroni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
🔹 15 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 12 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 5 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash choralarini ko‘rish;
🔹 19 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yoki faoliyatini legallashtirish;
🔹 mikroloyihalarni tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 24 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash vazifalari belgilangan.
🏗 Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash, 1 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash, ichki ko‘chalarni tozalash va obodonlashtirish hamda ariqlarni tozalash bo‘yicha ishlarning borishi ham deputatlik nazoratiga olingan.
🤝 Mazkur vazifalarning ijrosida mahalla yettiligi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tibbiyot, ta’lim va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
📋 Deputatlik nazorati davomiy ravishda olib borilib, belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftalik monitoring asosida o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 1