Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
Fuqarolar vakillari faoliyati o‘rganilmoqda

🏛 Fuqarolar vakillari faoliyati o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (2017 yil 31 iyul, 561-son) yuzasidan hududlarda fuqarolar vakillari faoliyatini tashkil etish va ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amaldagi ijrosini o‘rganish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolar vakillarining faoliyati, ularning aholi bilan ishlashi, fuqarolar vakillari yig‘ilishlarining tashkil etilishi, yig‘ilish bayonnomalarining yuritilishi hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosi ko‘zdan kechirilmoqda.
🤝 Shuningdek, fuqarolar vakillarining:
🔹 kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki;
🔹 hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashdagi faoliyati;
🔹 kommunal xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtiroki;
🔹 aholi murojaatlari va hududiy muammolarni aniqlash hamda tegishli tashkilotlarga yetkazish faoliyati;
🔹 mahalla komissiyalari bilan hamkorligi;
🔹 o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorakda aholi oldida hisobot berishi holati o‘rganilmoqda.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar vakillarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholining mahalla hayotidagi ishtirokini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.
👥 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar fuqarolar vakillarining faoliyatini tartibga soluvchi Nizom talablari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.          

Slide 1 of 1