Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaat_daftari #saylovchilar_murojaati_e'tiborda

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Esanov ishtirokida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, aholining asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lgan tomorqa yer maydonlari hamda ekinlarni sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, hududdagi mavjud suv tarmog‘i va ariqlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala yuzasidan suvning yo‘qotilishining oldini olish, suv oqimining samaradorligini oshirish hamda tomorqa va ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida ariq o‘zanini tozalash, qazish va muammoli qismlarini betonlash zarurati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud muammoli holatlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

mavjud ariq o‘zanlarini tozalash va chuqurlashtirish;
suv oqimini yaxshilash maqsadida ayrim qismlarini qayta qazish;
suv yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan va muammoli qismlarni betonlash;
tomorqa va ekin maydonlarini uzluksiz sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash;
mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat deputatlik nazoratiga olinib, masalani amaliy jihatdan hal etish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqorish belgilandi.

Saylovchilar murojaatlari — doimiy e’tiborda va deputatlik nazoratida.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7