Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
Poliklinikadagi sharoitlar ham deputatlik nazoratida

Sifatli tibbiy xizmat faqat shifokor malakasiga emas, balki bemor uchun yaratilgan sharoit va tibbiyot muassasasining imkoniyatlariga ham bog‘liq.

O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov, Kengash deputati T.Berdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.

3-sonli oilaviy poliklinikadagi o‘rganish davomida tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan bir qatorda, muassasaning moddiy-texnik va sanitariya holatiga ham e’tibor qaratildi.
Xususan:

▶️ bemorlarni qabul qilish va navbatlarni tartibga solish;

▶️ tibbiy xonalarning sanitariya holati;

▶️ tibbiy jihozlarning sozligi;

▶️ fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar;

▶️ “Elektron poliklinika” tizimining ishlashi

ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati, murojaatlarga e’tibor va xizmat ko‘rsatish samaradorligi ham muhim mezon sifatida qayd etildi.

📌 Deputatlik nazorati — muassasa faoliyatini shunchaki kuzatish emas, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan masalalarni aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 1