Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
7-OP faoliyati o‘rganildi

7-OP faoliyati o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari Z.B.O‘zbekova, S.A.Majidova, F.N.Tursunqulov va Q.B.Alimovlar bilan birgalikda Boshrabot mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinika (7-OP) faoliyati bilan tanishdi.

✅ O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, fuqarolarga belgilangan tartibda tarqatilayotgan bepul dori-darmon vositalarining mavjudligi, ularning saqlanishi va aholiga yetkazib berilishi holati ham o‘rganildi.

✅ Mazkur jarayonda fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonuni talablari asosida tashkil etilishi muhimligi qayd etildi.

✅ Shuningdek, dori vositalarining aholiga yetkazib berilishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-399-son Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ O‘rganish yakunida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarni zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4