Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
#deputatlik_nazorati #mahalla_yettiligi #PF116 #sessiya_kun_tartibi “Kokildorota” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta o‘rganish maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Termiz shahridagi “Kokildorota” mahallasida amalga oshirildi.

Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashining 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqovaning okrugi hududidagi “Kokildorota” mahallasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, “mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari va muammolarini manzilli hal etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla raisining “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi bilan muntazam muloqot qilish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi vazifalari amalda qanday tashkil etilayotgani ko‘rib chiqildi.

Xususan, mahalla raisi tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq ayrim masalalarni hal etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan bir qator taklif va muammolar ilgari surildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla raisi tomonidan ko‘tarilgan, yechimi mahalliy Kengash vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalarni Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.