Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
🤝 Tajriba almashish doirasida mahallalardagi ishlar o‘rganildi

 Tajriba almashish doirasida mahallalardagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi vakillari o‘zaro tajriba almashish maqsadida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mehmonlarga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, O‘zbekiston XDP Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich hamrohlik qildi.

📍 Tashrif davomida “Naymanko‘l” OFYda bo‘lib, hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va hunarmandchilik yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, mahallalarda aholi bilan ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hududni rivojlantirish borasidagi amaliy tajribalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar mahalliy Kengashlar faoliyatida ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4