Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🤝 Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda


👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov ishtirokida Sherobod tumani Adliya bo‘limida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati doirasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalari muhokama qilindi.

💬 Tomonlar o‘zaro fikr almashib, hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqdilar.

✅ Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3