Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
Mahalladagi muammolar “ko‘chabay” o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan tumanning “Xo‘jakent” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Yusupov bilan birgalikda mahalladagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺Aholi vakillari bilan muloqotlar davomida ular tomonidan kundalik hayotda duch kelinayotgan muammo va takliflar bildirildi. Xususan, ayrim hududlarda chiqindilarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasini yaxshilash bo‘yicha aholi tomonidan murojaatlar bildirildi. Bu borada chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlarini muntazam tashkil etish, sanitariya va tozalik holatini doimiy nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, aholi tomonidan ko‘cha va hududlarni tunda yoritish masalasi ham ko‘tarildi. Kechki vaqtda aholi harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida yoritish tizimini yaxshilash, mavjud chiroqlarning texnik holatini ko‘rib chiqish hamda zarur joylarga qo‘shimcha yoritish vositalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔺Muloqotlar davomida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi ham aholi uchun dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etildi. Yo‘llarning holati aholining kundalik harakati, transport vositalaridan foydalanishi va mavsumiy ob-havo sharoitida erkin harakatlanishiga bevosita ta’sir qilishi ta’kidlandi.

🔺O‘rganish yakunida bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 1