Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi

#HAFTALIK_ISH_REJA

#24_ta_masala

🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi

👩‍⚕️ Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-“Sayrob” saylov okrugidan saylangan deputat, 8-sonli oilaviy poliklinika mudirasi Vohidova Barno Primqulovna tomonidan Sayrob mahallasi fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi.

🏥 Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, mavjud shikoyatlari tinglandi hamda zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

❤️ Shuningdek, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va fuqarolarning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aholiga bunday tibbiy xizmatlarning mahallaning o‘zida tashkil etilishi fuqarolar, ayniqsa tibbiy ko‘rikka ehtiyoji bo‘lgan aholi uchun qulaylik yaratmoqda.

🌿 Maqsad — Sayrob mahallasi fuqarolarini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ularning salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni barvaqt aniqlashga ko‘maklashish.

Slide 1 of 7