Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA

«Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 3-bandi ijrosini ta’minlash, mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va moddiy-texnik holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Xalq demokratik partiyasi a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-3 mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi sport inshootlari va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport obyektlarining moddiy-texnik bazasi hamda mavjud infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani qayd etilib, ta’mirlash jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, sport obyektlarining foydalanishga tayyorligi va aholi, ayniqsa, yoshlar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Sport inshootlarining texnik va sanitariya holatini baholash;

Sport zallari va anjomlarining mavjudligi hamda foydalanishga yaroqlilik darajasini o‘rganish;

Ta’mirlash ishlarining borishi va sifat ko‘rsatkichlarini monitoring qilish;

Bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;

Sport obyektlarining xavfsizligi va foydalanish samaradorligini oshirish.

Aholi, ayniqsa, yoshlar uchun zamonaviy va xavfsiz sport infratuzilmasini yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport obyektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4