Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar, sport inventarlari va jihozlari bilan ta’minlanganlik holati hamda mavjud sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilganligi ko‘zdan kechirildi. Maktabda sport zallari va sport maydonlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari hamda turli sport tadbirlarini o‘tkazishda foydalanib kelinmoqda.

🔺Shuningdek, sport zallari va maydonlarining zarur sport jihozlari bilan ta’minlanganlik holati ham ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, maktabning sport jihozlari bilan ta’minlanish darajasi qoniqarli ekani, mavjud jihozlar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun zarur ehtiyojlarni ta’minlashi qayd etildi.

🔺O‘rganish jarayonida maktabning issiqlik ta’minoti holati ham ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim muassasasining issiqlik tizimi markazlashgan tarmoqqa ulangan bo‘lib, bu maktab binosini kuz-qish mavsumida isitish imkonini ta’minlaydi.

🔺Shu bilan birga, maktab binosining texnik holatini yanada yaxshilash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlarga ham e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori bilan 2026–2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, mazkur dastur doirasida umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari nazarda tutilganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 5