35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tadbirkorlik loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
Mahallada yangi tadbirkorlik loyihasi ishga tushirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati A.Mamatqulov tomonidan deputat saylangan “Muqimiy” mahallasida amalga oshirilgan yangi loyihalar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Mingboyev hamda mahalla hokim yordamchisi D.Rahimov ishtirok etdi.

Tashrif davomida tadbirkor F.Marufjonov tomonidan amalga oshirilgan 40 mln so‘mlik loyiha bilan yaqindan tanishildi. Loyiha doirasida mobil telefonlarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda telefon aksessuarlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida mahalla hududida 2 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa fuqarolar bandligini ta’minlash va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

️O‘rganish davomida loyiha faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, savdo jarayoni hamda yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishilib, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3