Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan Chinorbuloq MFYda mahalla bankiri Zayniddinov Bohodir Sherali o‘g‘lining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla bankirining Chinorbuloq va Quyosh MFYlarida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mikroloyihalarni amalga oshirish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
Aholini, ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy va barqaror daromad bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mahallalarda olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha tashkil etish vazifasi belgilangan. Bugungi kunga qadar Chinorbuloq va Quyosh mahallalarining har birida 8 tadan, jami 16 ta mikroloyiha amalga oshirilgani qayd etildi.
Ushbu loyihalarning hayotga tatbiq etilishi orqali fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, mavjud biznesini kengaytirishi va eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratishi uchun imkoniyatlar kengaymoqda.
Bandlik — faqat ish o‘rni emas, balki oilaning barqaror daromadi, mahalla iqtisodiy faolligi va aholi farovonligining muhim omilidir. Shu bois mahallalarda har bir yangi loyiha, avvalo, qo‘shimcha ish o‘rinlari va aholining daromad manbaini ko‘paytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish davomida qolgan mikroloyihalarni ham ishga tushirish, belgilangan 10 ta loyiha rejasini to‘liq bajarish, shuningdek, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mahalla bankirining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarni ko‘paytirish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌱 Har bir yangi loyiha — yangi imkoniyat.
👷 Har bir yangi ish o‘rni — yana bir oilaning barqaror daromadi.
🏡 Har bir band fuqaro — mahalla taraqqiyotining muhim tayanchi.
📊 Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3