Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Kadastrlar palatasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, tumanda fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonuniy tartibda e’tirof etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy davrga qadar tuman bo‘yicha mazkur masala yuzasidan jami 5 704 ta ariza kelib tushgan. Ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish jarayonida hujjatlari va ma’lumotlarida kamchiliklar aniqlangan 528 ta ariza tahrirlash uchun qaytarilgan. Shuningdek, o‘rganish natijasida 550 ta holatda yer uchastkalari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagani, 94 ta holatda esa sug‘oriladigan yer maydonlari bilan bog‘liq masalalar mavjudligi qayd etildi.

Joriy yilning sentyabr oyi holatiga ko‘ra, 24 ta xonadonda xatlov ishlari amalga oshirilgan. Xatlov jarayonida yer uchastkalaridan foydalanish holati, ularda mavjud bino va inshootlar, yerga bo‘lgan huquqlarning huquqiy asoslari hamda qonun talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

🔺Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish yakuni bo‘yicha mas’ullarga qonun doirasida ishlarni tizimli davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini belgilangan muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqish, tahrirlashga qaytarilgan arizalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga amaliy ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5