35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida xavfsizlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
BEKTEMIR TUMANIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2021-yil 6-noyabrda Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida belgilangan vazifalar doirasida Bektemir tumanida avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy bogʻliqlikni mustahkamlash, nuroniylarning hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish va ularni ezgu maqsadlar sari ruhlantirishga qaratilgan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

358-maktab binosida boʻlib oʻtgan tadbirda Respublika "Nuroniy" jamgʻarmasi boshqaruv raisi, senator S. Turdiyev, Хalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi raisi D. Muxitdinov, Kengash deputati, hokim N. Abduraxmanov, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida katta avlod vakillari oʻzlarining hayot va mehnat faoliyati davomida orttirgan tajribalari, erishgan yutuqlari haqida soʻzlab, yoshlarga taʼlim olish, kasb-hunar egallash, izlanish va oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.

Uchrashuvda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, taʼlim va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini ragʻbatlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir samimiy muloqot va savol-javoblar ruhida oʻtdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan faxriy mehmonlarga murojaat qilib, ularning hayotiy tajribasi va maslahatlaridan bahramand boʻldilar.

"Uch avlod uchrashuvi" turli avlod vakillarini bir davrada jamlab, oʻzaro fikr va tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoni vazifasini bajardi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni ilm-maʼrifatga intilish, Vatanga sadoqat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash muhimligi taʼkidlandi.

Slide 1 of 6