30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
Ko‘mirchi mahallasidagi 30-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganish davomida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilash zarurligi qayd etildi. Xususan, maktabning ochiq futbol maydonini ta’mirlash, maydonni talab darajasiga keltirish, sug‘orish tizimini tashkil etish hamda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Deputat A.Yursunov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur mablag‘ va imkoniyatlarni aniqlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Maqsad — yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etishdan
iborat.