Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
BOZORLARDAGI AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ENG ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA MAHSULOTLARNING YETARLILIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” MFYda joylashgan savdo majmualarida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining kundalik hayotida muhim o‘rin tutadigan oziq-ovqat va boshqa zarur iste’mol mahsulotlarining bozorlardagi mavjudligi, ularning yetarliligi hamda narx-navosining amaldagi holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Nazorat-o‘rganish jarayonida savdo majmualaridagi mahsulotlarning assortimenti, aholining kundalik ehtiyojini qondirish darajasi, savdo rastalarining to‘yinganligi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi tomonidan kundalik ravishda xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, guruch, yog‘, shakar, makaron mahsulotlari, sabzavot va boshqa zarur mahsulotlarning mavjudligi hamda ularning narx-navosi bilan bog‘liq holatlar ko‘zdan kechirildi.
💰 Narxlarning barqarorligi va mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishi aholi farovonligi hamda iste’mol bozoridagi osoyishtalikni ta’minlashda muhim omillardan biri ekani ta’kidlandi. Shu bois savdo obyektlarida mahsulotlarning uzluksizligi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida savdo majmualarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, savdo jarayonini tartibli tashkil etish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, xaridorlarning kundalik ehtiyojlari, bozordagi mahsulotlarga bo‘lgan talab va narx-navoga oid fikrlari ham o‘rganilib, aholining manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar orqali iste’mol bozoridagi mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan masalalarga tegishli tashkilotlar e’tiborini qaratish hamda aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlashga ko‘maklashish maqsad qilingan.
Aholining sifatli va zarur mahsulotlarni o‘z vaqtida hamda qulay sharoitlarda xarid qilishi, savdo obyektlarida xizmat ko‘rsatish madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, iste’molchilar manfaatlarining ta’minlanishi doimiy e’tiborda bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
O‘rganish yakunida savdo majmualarida zarur iste’mol mahsulotlari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish, mahsulotlar ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, savdo jarayonlarini tartibli tashkil etish hamda aholining talab va ehtiyojlarini doimiy o‘rganib borish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Aholi farovonligi, iste’mol bozoridagi barqarorlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Slide 1 of 5