35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “G‘ishtli masjid” MFY, Movoronahr ko‘chasi 7-uy, 106-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Tojiboyeva Umidahon murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro U.Tojiboyeva Movoronahr ko‘chasida “Salom sity” korxonasi tomonidan renovatsiya dasturi doirasida olib borilgan qayta qurish ishlari jarayonida o‘ziga tegishli bo‘lgan yengil konstruksiyali do‘kon buzib yuborilganligi hamda ushbu do‘konni keyinchalik qayta qurib berish va’da qilingan bo‘lsa-da, masala haligacha o‘z yechimini topmayotganini bildirib, amaliy yordam so‘ragan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari M.Mirmaqsudovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Tojiboyeva Umidahonning murojaati bo‘yicha buzib yuborilgan do‘kon masalasini o‘rganib chiqish hamda fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2