Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan Katta Cho‘ponota mahallasi hududidan, xususan, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajning holatini yaxshilash, uni loyqa, chiqindi va boshqa yot jismlardan tozalash hamda suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash yuzasidan ko‘tarilgan masala Uchtepa tumani hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilganligi hamda o‘rganish davomida mazkur drenaj Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasi tasarrufidagi shahar kollektorlariga tegishli ekanligi aniqlanganligi qayd etilgan.

📝 Shu munosabat bilan, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalani hal etish maqsadida 2026-yil 15-sentabrdagi 04-15/262-sonli xat bilan Toshkent shahar yer osti umumiy o‘tish muhandislik kollektorlari boshqarmasiga murojaat yo‘llanib, mazkur xatda Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajni loyqa, chiqindi va boshqa yot jismlardan tozalash, uning suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash hamda hududni tegishli holatga keltirish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

🕯 Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala tegishli vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish uchun yuborilganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3