Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 7-11-SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 7-11-SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI

7-Sentabr, dushanba
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish. Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va tegishli tashkilotlarga kiritish

8-Sentabr, seshanba
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish va samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish.

9-Sentabr, chorshanba
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazish. Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha deputatlik so‘rovlarini
tayyorlash va kiritish.

10-Sentabr, payshanba
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni o‘rganish hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

11-Sentabr, juma
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlar va mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni umumlashtirish va tahlil qilish. Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallarni tahlil qilish, samaradorligini baholash hamda kelgusida yoritilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash. Keyingi haftaga mo‘ljallangan ish rejasini shakllantirish, ustuvor vazifalarni belgilash hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berish.

Mas’ullar:
A. Avliyakulov, K. Abdullayeva, T. Murodov