Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich ishtirokida “Shakarqamish” mahallasida o‘rganish va muloqot tadbirlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalla hududini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga mos ravishda obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, qurilish va ta’mirlash ishlarini tartibga keltirish, shuningdek, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik shoxobchalarida: Deputatlar mahalladagi mavjud maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, tadbirkorlar va mahalla faollari bilan suhbatlashib, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishi hamda atrofini tartibga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Xonadonlar va aholi bilan muloqot: Mahalladagi xonadonlarga va aholi yashash joylariga bevosita kirilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning turmush tarzini yaxshilash, xonadon atroflarini obodonlashtirish va bandlikni ta’minlash yuzasidan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3