35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 7-avgustdagi VII-36-46-10-136-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺Kengash qaroriga muvofiq, umumta’lim maktabini belgilangan minimal talablar asosida “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadda maktab binosi va infratuzilmasini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz holatga keltirish, jumladan, ichki yo‘laklarda ko‘zi ojizlar uchun maxsus yo‘lakchalar va tutqichlar o‘rnatish, hojatxonalarni qayta jihozlash hamda korreksion sinf xonalari uchun zarur jihozlarni xarid qilish nazarda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablag‘lar ham ajratilgan.

O‘rganish jarayonida maktab hududi va binosida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosiga baho berildi. Xususan, nogironlik aravachasidan foydalanuvchilar uchun yo‘lak qurilgani aniqlandi. Biroq “To‘siqsiz muhit” talablarini to‘liq ta’minlash borasida qator kamchiliklar saqlanib qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, maktab binosiga kirish-chiqishdagi eshik ostonasi pasaytirilmagan, bu esa nogironlik aravachasidan foydalanuvchilarning erkin harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, ichki yo‘laklarda ko‘zi ojizlar uchun maxsus yo‘lakchalar tashkil etilmagan va zarur tutqichlar o‘rnatilmagan.

Bundan tashqari, maktabning ichki hojatxonasi ta’mirlanmagan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojidan kelib chiqib moslashtirilmagani aniqlandi. Bu esa Kengash qarorida belgilangan ishlarning to‘liq amalga oshirilmagani, xususan, “To‘siqsiz muhit” talablarini ta’minlash bo‘yicha ishlar qoniqarsiz darajada bajarilayotgani qayd etildi.

🔵Aniqlangan kamchiliklar va Kengash qarori ijrosining ta’minlanmagani yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi.

Slide 1 of 5