35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Artizon bo‘yi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, huquqiy tartib tushuntirildi
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Nurafshon” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar bilan giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan fuqarolar murojaati asosida “A.Navoiy” MFY, A.Qodiriy ko‘chasida to‘planib qolgan qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish hamda hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

️Javobda hududda obodonlashtirish, chiqindilarni muntazam olib chiqish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

️Xususan, A.Qodiriy ko‘chasida to‘planib qolgan qurilish chiqindilarini muntazam yig‘ib olib chiqib ketish masalasi “Toza hudud” davlat muassasasi Qo‘qon shahar filialiga biriktirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketishni tashkil etish maqsadida mahalla mas’ullari bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlangan.

Hududning doimiy sanitariya holatini saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda obodonlashtirish ishlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish belgilangan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi