Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova ishtirokida Sariosiyo tumani Madaniyat markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Madaniyat markazida aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirish, milliy qadriyatlar va an’analarni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman Madaniyat markazida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati, ularning qamrovi va samaradorligi, mavjud to‘garaklar faoliyati hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandida belgilangan vazifalar ijrosi manzilli tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning amalda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-son Qonuni talablarining ijrosi, madaniyat muassasasining belgilangan vazifalarni amalga oshirishi, madaniy xizmatlar sifatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi tahlil etildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, madaniyat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, madaniy tadbirlar sifatini oshirish hamda aholi va yoshlarni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar doimiy komissiya, “Ekspertlar guruhi” va Kengash kotibiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, Kengash qarorlari va ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3