Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI.

Bugun, 2-sentabr kuni Parkent tumanidagi 58 ta umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga start berildi.Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumandagi 46-sonli umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Mustaqillik darsi” tadbirlari tashkil etildi.Unda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, senator Mahmudjon To‘xtayevich Toirov, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich,shuningdek, maktab jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.Tadbir davomida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, senator Mahmudjon To‘xtayevich Toirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.Shuningdek, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdi.O‘z tabrigida o‘quvchi-yoshlarga bilim olishda yuqori natijalarga erishish, oldilariga katta maqsadlar qo‘yib, kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini, ustozlarga esa o‘zlarining sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.Tadbirning quvonchli va hayajonli lahzalaridan biri 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezidentimizning an’anaviy sovg‘alari tantanali ravishda topshirilgani bo‘ldi.“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib,o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarga bayramona kayfiyat hamda unutilmas taassurotlar ulashdi.Tadbirlar davomida deputatlar tomonidan o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, ustozlarning saboqlarini qunt bilan o‘zlashtirish, o‘z oldilariga ezgu maqsadlar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida astoydil intilish hamda kelajakda Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetishlari tilak bildirildi.  

Slide 1 of 10