O‘rganish davomida bozor hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Qurilish ishlari yakuniga yetkazilgach, yangidan 1 100 ta savdo rastasi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bu esa aholi uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda savdo xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.