O‘rganish jarayonida mahallada 3 128 nafar xotin-qiz istiqomat qilishi, ulardan 148d nafari «Ayollar daftari»ga kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, daftarga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 40 nafariga psixologik, 36 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Mahallada 70 nafar ishsiz xotin-qiz aniqlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning barchasi doimiy ish bilan ta’minlangan.
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarini bartaraf etish masalalari doimiy e’tiborda.