Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFYda hokim yordamchisi D.Sherquziyevning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududida fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Jumladan, A.Umarxon ko‘chasi, 54-uyda yashovchi fuqaro M.Berdiyeva tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida 10 million so‘m miqdorida kredit ajratish masalasida qilingan murojaat o‘rganildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroning kredit olish uchun zarur hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tijorat bankiga yuborildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi