#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari
Deputat faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva aholi murojaatlaridan kelib chiqib, o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida joylashgan mahalla idorasining ta’mirtalab holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Mazkur masala yuzasidan deputat O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim rahbari bilan mahalla idorasining mavjud holati, uni ta’mirlash va zarur sharoitlarni yaratish masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida mahalla idorasining holatini joyiga chiqib o‘rganish, ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash hamda muammoni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan kelishib olindi.
Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, amalga oshiriladigan ishlarning borishi va natijasi o‘rganib borilishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram