35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Quvasoy shahrida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

O‘rganish davomida Quvasoy shahridagi reklama obyektlarining joylashtirilishi, tashqi reklama vositalarining holati va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, reklama obyektlarining belgilangan tartibda joylashtirilishi, reklama vositalaridan foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda shahar hududining obodonlashtirish va estetik ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
О‘rganish yakunlari bo‘yicha “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda reklama obyektlarini tartibga keltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilandi.

Slide 1 of 1