Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Pastdarg‘om tumani Adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlari ko‘rib chiqildi.
🤝 Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, faoliyatni yanada takomillashtirish va aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.