#24_TAVSIYA_IJROSI
"Lolazor" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov hamda 1-A.Qodiriy saylov okrugidan saylangan shahar Kengashi deputati Sh.Karayeva "Lolazor" mfy da bo‘lib, hokim yordamchisi Sh.Xoldorovning faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.
🔹 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan 24 ta tavsiyadan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Muloqot va tahlillar davomida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
2026-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlar:
9 ta mikroloyiha rejaga muvofiq muvaffaqiyatli ishga tushirildi;
3 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
4 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi.
🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandlik reja ko‘rsatkichlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz