# QONUN_TO'G'RISIDA
Farg‘ona shahar 4-sonli oilaviy poliklinikasida "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov hamda 1-A.Qodiriy saylov okrugidan saylangan shahar Kengashi deputati Sh.Karayeva "Lolazor" mahallasida bo‘lib, Farg‘ona shahar 4-sonli oilaviy poliklinikasida atroflicha o‘rganish o‘tkazdilari.
O‘rganishlar davomida 2019-yil 11-martda qabul qilingan "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining ЎRQ-528-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasida muassasada amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar atrofli ko‘zdan kechirildi.
Tahlillar jarayonida poliklinikada fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, xususan, tibbiy maslahat xonalari faoliyati hamda ona va bola parvarishi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki, muassasada aholiga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan tizimli va sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘rganish yakunida maslahat xonalari faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarga reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik yordam sifatini oshirish hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida muassasa mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz