Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida tadbirkorlik va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
7-sonli DMTTdagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Paxtakor MFY saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar davomida “Zilola” 7-sonli DMTTda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda navbatning ko‘pligi va xonalar yetishmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 210 o‘ringa mo‘ljallangan DMTTda amalda 249 nafar bola tarbiyalanayotgani, navbatda esa 384 nafar bola turgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, binoda foydalanish uchun ta’mirtalab bo‘lgan 2 ta xona mavjudligi aniqlandi.

Mazkur xonalarni ta’mirlash va foydalanishga topshirish orqali qo‘shimcha guruhlar tashkil etish hamda bolalar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkoniyati mavjud.

Shu munosabat bilan aniqlangan muammoni bartaraf etish, ta’mirtalab xonalarni ta’mirlash va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1