Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.
#sessiya_oldi_masala
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil), “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida 7-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish olib borildi.

7-maktab: yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ham, sessiya masalasi ham shay holatda

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi D. Raximova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan maktabdagi tayyorgarlik jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Maktabga kiriboq ko‘zga tashlanadigan jihat — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari to‘liq shay holatga keltirilgani. Sinfxonalar, maktab hududi va o‘quv jarayoni uchun zarur sharoitlar tayyor. Eng quvonarlisi, 1-sinfga qadam qo‘yadigan o‘quvchilar uchun Prezident sovg‘alari ham hozirlab qo‘yilgan.

Sessiya oldi o‘rganish jarayonida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi har tomonlama ko‘rib chiqildi. Ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar joyida o‘rganilib, sessiyada muhokama qilinadigan masala uchun zarur ma’lumotlar shakllantirildi.

Eng muhimi, bugungi o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani aniq faktlar va amaliy holat asosida ko‘rib chiqish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — joyida.
Sessiya oldi o‘rganish — yakunlangan.
Masala — muhokamaga tayyor.

Ta’limga e’tibor — kelajakka e’tibor!

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5