35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbiri doirasida Qo‘qon shahrida targ‘ibot-tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ergasheva hamda IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillari ishtirokida “Nurafshon” Yalong‘och ota MFY hududida xotin-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida oila-turmush munosabatlari doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalar bilan “oilabay” ishlash tizimini samarali tashkil etish hamda oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, ularning yoshlar salomatligi va kelajak hayotiga ta’siri yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar va voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, turli nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha fikr almashildi.

Yakunda xotin-qizlar bilan bunday targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini muntazam davom ettirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2