Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 5-“Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulov tomonidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 47-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati va xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda ulardan foydalanish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, taomnomaning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, oshxona va omborxonalarning sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti hamda mas’ul xodimlarning amaldagi talab va me’yorlarga rioya etishi atroflicha o‘rganildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.