35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

🇺🇿 Yig‘ilishga viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov raislik qildi.

🔴 Yig‘ilish davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining bugungi holati, deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🌀 Xususan, Kengashlar va deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, amalga oshirilayotgan ishlarning keng jamoatchilikka yetkazilishi, rasmiy sahifalarda e’lon qilinayotgan materiallarning sifati va muntazamligi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

➡️ Shuningdek, deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, joylarga chiqib o‘rganishlar tashkil etilishi, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Yig‘ilishda Kengashlar faoliyatini yanada kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan 24 ta ustuvor masala bo‘yicha topshiriqlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, sessiyalar sifati, qabul qilingan qarorlar ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyati, o‘rganishlar natijadorligi, deputat so‘rovlari ijrosi hamda hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

‼️ Muhokamalar davomida ayrim hududlarda deputatlik faoliyati sustlashib qolganligi qayd etilib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, deputatlar faolligini oshirish, saylovchilar bilan ishlashni jadallashtirish hamda har bir deputatning amaliy natijalarga erishishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

➕ Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, har bir o‘rganish va uchrashuv natijalarini ochiq va shaffof tarzda jamoatchilikka yetkazib borish zarurligi ta’kidlandi.

⚡️ Yig‘ilish yakunida shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari oldiga deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish, joylardagi o‘rganishlar ko‘lamini kengaytirish, Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6