35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
BIRLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

BIRLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Saodat Malikova tomonidan Birlik mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

💬 O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” faoliyati, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi hamda hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlari muhokama qilindi.

📇 Birlik mahallasining 21-mavzesida joylashgan 40 ta ko‘p qavatli uyda 2 418 ta xonadon, 2 314 ta oila va 7 385 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Hududga “Zametno Znak” BSK tomonidan 23 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda. 11-, 12-, 25- va 29-sonli uylarning fasad qismi hamda kirish yo‘laklarini joriy yil yakuniga qadar ta’mirlash rejalashtirilgan.

📁 Ijtimoiy reyestrda 65 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 28 nafari davlat ta’minotiga kiritilgan. O‘rganish jarayonida 13-uy, 40-xonadonda yashovchi I.Omonovning jarrohlik amaliyotiga muhtoj ekani aniqlanib, masalani hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

📈 O‘rganish yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5