35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahrida profilaktik tadbir doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalar qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabidagi zallar holati o‘rganildi
янв.21
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Milliy cholg‘u asboblari yo‘nalishidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasi hududida yaqinda qurilgan beton latoklar va sug‘orish tizimining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida sug‘orish infratuzilmasining samaradorligi, beton latoklarning qurilish sifati, suvning belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yetkazib berilishi hamda inshootlarning texnik holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar aholi va fermer xo‘jaliklari ehtiyojlariga qay darajada javob berayotgani ham o‘rganildi.
Tahlillar jarayonida ayrim uchastkalarda beton latoklarning sifati va texnik holati yuzasidan e’tirozli holatlar mavjudligi qayd etildi.
Xususan, ba’zi joylarda qurilish ishlarini yana-da takomillashtirish, suv oqimining uzluksizligini ta’minlash hamda latoklar atrofini obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, inshootlardan samarali foydalanish va ularni doimiy texnik nazoratdan o‘tkazib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish va qurilgan inshootlarning sifatini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4